21:59 / 21.05.2017
7 029

O‘qishga kiritib qo‘yish va’dasi bilan 18000 dollarga chuv tushirdi

O‘qishga kiritib qo‘yish va’dasi bilan 18000 dollarga chuv tushirdi
Toshkentda o‘qishga kiritib qo‘yish va’dasi bilan minglab dollar olgan firibgar qo‘lga tushdi.
Fuqaro Babamuratov Rahim Safarovich fuqaro “Husainov”ni aldab, uning qizi “Husainova”ni Toshkent temir yo‘llari institutiga va jiyani “Bakieva”ni Navoiy davlat pedagogika universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishga va’da berib, buning uchun 18 000 AQSh dollari olgan. Biroq va’dasini bajarmay, pulni o‘zining ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan 2017 yilni 15 may kuni Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan R.S.Babamuratovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (firibgarlik, ya’ni o‘zganing ko‘p miqdordagi mulkini aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, — deb yozadi hilol.uz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘qishga kiritib qo‘yish va’dasi bilan 18000 dollarga chuv tushirdi