22:13 / 21.05.2017
7 104

Toshkentda mashina salonidan 15 million so‘m o‘g‘irlandi

Toshkentda mashina salonidan 15 million so‘m o‘g‘irlandi
Joriy yilning 17 may kuni soat taxminan 18:00 larda poytaxtning Chilonzor tumanida «ISUZU» rusumli yuk avtomashina salonidan fuqaro B.K.Amankulovga tegishli 15.000.000 so‘m o‘g‘irlab ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston JKning 169-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan (o‘g‘irlik, ya’ni ko‘p miqdorda o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

18 may kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari olib borgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni “Rahmatov” va “Ro‘ziev”lar (anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan) sodir etgani aniqlanib, ular ushlandi.

Hozirda “Rahmatov” va “Ro‘ziev”ning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda mashina salonidan 15 million so‘m o‘g‘irlandi