17:03 / 23.05.2017
10 455

Dengiz arsloni qizchani suvga tortib ketdi (Video)

Dengiz arsloni qizchani suvga tortib ketdi (Video)
Kanadada dengiz arsloni qirg‘oqda o‘tirgan qizchaga hujum qilib, uni suv tagiga tortib ketmoqchi bo‘ldi, deb yozadi Darakchi.uz nashri.

Kanadaning Richmond shahrida yashovchi talaba yigit dengiz arsloni qizchani suvga tortib ketmoqchi bo‘lgani aks etgan videoni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi. Unda qirg‘oq yaqinida suvda suzib yurgan dengiz arsloniga non tashlayotgan odamlar aks etgan.

Ammo dengiz arsloni nonning o‘rniga qizchani nishonga oldi. U orqaga o‘girilganda, hayvon uning ko‘ylagidan tishlab suv qa’riga tortdi. Hayvonning harakatlarini tomosha qilib turgan erkaklardan biri qizchani qutqarish uchun o‘zini suvga otdi va uni qirg‘oqqa olib chiqdi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dengiz arsloni qizchani suvga tortib ketdi (Video)