08:25 / 26.05.2017
6 624

Internet orqali mahsulot xarid qilishda ehtiyot bo‘ling

Internet orqali mahsulot xarid qilishda ehtiyot bo‘ling
Internet tarmog‘i orqali savdo qilish rivojlanib bormoqda. Keng tanlash imkoniyati mavjud bu bozorga “tashrif” buyursangiz, ta’bingizga ma’qul mahsulot topilsa, “buyurtma qilish” tugmasini bossangiz yoki tovar egasiga qo‘ng‘iroq qilsangiz bas, zarur narsani uyingizga keltirib berishadi. Lekin bu qulaylikdan g‘arazli maqsadda foydalanishni ko‘zlayotgan kimsalar ham yo‘q emas.

A. ismli shaxs “Olx.uz” saytidan eng so‘nggi rusumdagi noutbuklarni tanlab, Toshiba, Dell noutbuklarining narxiga ham qarab o‘tirmay, e’lon egasiga qo‘ng‘iroq qilgan. I. ismli fuqaro tovari biroz qimmat bo‘lsa-da, savdolashmay oladigan xaridor chiqqanidan suyunib ketgan.

Afsuski, aytilgan manzilda sotuvchi “pistirma”ga duch kelgan. A. bir guruh tengdoshlari bilan sotuvchiga tashlanib, unga turli tan jarohati etkazib, noutbuklarni zo‘rlik bilan tortib olib, voqea joyidan yashirinishgan. Sotuvchi esa tan jarohati, bosh miya chayqalishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Tezkor-qidiruv operasiyasi natijasida jinoyatchilar qo‘lga olindi. O‘zganing mulkini bosqinchilik yo‘li bilan talon-taroj qilishni istagan voyaga etmaganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deyiladi Qalampir.uz xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Internet orqali mahsulot xarid qilishda ehtiyot bo‘ling