13:25 / 29.05.2017
7 667

Yo‘l harakati qoidalari qoidabuzarlari TOP-5 ligi

Yo‘l harakati qoidalari qoidabuzarlari TOP-5 ligi
Toshkent shahar IIBB o‘tgan hafta davomida kuzatuv kameralari qayd etgan yo‘l harakati qoidalari qoidabuzarlari top-5 ligini e’lon qildi.

Birinchi o‘rinni Vaz-21063 rusumli, davlat raqam belgisi 10 J 506 FA bo‘lgan avtomashina haydovchisi band etdi. U jami 32 marta qoidabuzarliklar ya’ni, 1 marta belgilangan harakatlanish tezligi talablariga bo‘ysunmaslik, 31 marta svetoforning qizil chirog‘i talablariga bo‘ysunishni xoxlamagan holda, jarimalar miqdorini 9 435 825 so‘mga etkazdi.

Ikkinchi o‘ringa Cobalt rusumli, davlat raqam belgisi 10 J 434 LA bo‘lgan avtomashina haydovchisi sazovor bo‘ldi. Ushbu avtomashina haydovchisi jami 21 marta ya’ni, 18 marta belgilangan harakatlanish tezligi talablariga bo‘ysunmaslik, 3 marta svetoforning qizil chirog‘i talablariga bo‘ysunmaslik kabi qoidabuzarliklarni sodir etib, jarima miqdorini 4 193 700 so‘mga etkazdi.

Uchinchi o‘rin
da Matiz rusumli, davlat raqam belgisi 01 O 905 RA bo‘lgan avtomashina haydovchisi qayd etildi. U jami 17 marta, jumladan, 16 marta belgilangan harakatlanish tezligi talablariga, 1 marta svetoforning qizil chirog‘i talablariga bo‘ysunmagan holda harakatlangani uchun, jarima miqdori 2 845 725 so‘mni tashkil etdi.

To‘rtinchi o‘rinni Spark rusumli, davlat raqam belgisi 01 B 361 PA bo‘lgan avtomashina haydovchisi egalladi. Haydovchi 15 marta belgilangan harakatlanish tezligi talablariga bo‘ysunmagan. Jarima miqdori 2 246 625 so‘mni tashkil etadi.

Beshinchi o‘rinda Nexia 2 GLE (davlat raqam belgisi 30 707 FAA) avtomashinasi haydovchisi. 14 marta belgilangan tezlik talablariga amal qilmagan holda harakatlangani uchun . Unga 3 295 050 so‘mlik jarima solingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yo‘l harakati qoidalari qoidabuzarlari TOP-5 ligi