Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining (23.05.2017 y. 2185-sonli) qaroriga binoan, "Bozorlar, savdo majmualari va ularning bo‘linmalarida bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari hamda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini tashkillashtirish hamda nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom"ga o‘zgartirishlar kiritildi.
Hujjatda bozorlar va ularning bo‘linmalari, shuningdek, avval umumiy ro‘yxatda keltirilgan savdo majmualari va ularning bo‘linmalari daromad manbalari belgilab qo‘yildi.
Bozorlar va savdo majmualarini boshqarish tartibi to‘g‘risidagi tartiblariga ham tuzatishlar kiritildi. Jumladan, Nizomga sotuvchilar, bozorlar va savdo majmualari ma’muriyatining huquq va majburiyatlari belgilandi.
Ma’muriyatning iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, o‘rnatilgan savdo qoidalari talablarini bajarmaslik, bozor va savdo majmualarida savdo faoliyatini tashkil etish qoidalariga rioya etmaslik kabi qoidabuzarliklar uchun javobgarlik me’yorlari belgilab qo‘yildi.
Shuningdek, ular ijara to‘lovlari va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq undirmaganlik uchun hamda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risida guvohnomasiz jismoniy shaxslarga stasionar savdo shoxobchalarini taqdim etganlik uchun javobgarlikka tortiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi