14:38 / 31.05.2017
9 007

Video: jurnalist qizni quchoqlab o‘pgan sportchi musobaqadan chetlatildi

Video: jurnalist qizni quchoqlab o‘pgan sportchi musobaqadan chetlatildi
Fransiyalik tennischi Maksim Amu jonli efir vaqtida jurnalistga tegajoqlik qilgani uchun “Rolan Garros” turniridan chetlatildi.

Eurosport kanali muxbiri Meli Tomas urugvaylik tennischi Pablo Kuevasga qarshi jangdagi mag‘lubiyatidan so‘ng Amudan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda intervyu oldi. Suhbat chog‘ida sportchi minglab tomoshabin oldida qizni mahkam quchoqlab, o‘pa boshlagan. Bu qo‘pollik jurnalistga yoqmagan va undan qochishga uringan. Meli “agar bu jonli efir bo‘lmaganida uni urardim”, deb aytgan.

Ushbu voqea tufayli Amuning turnirdagi akkreditasiyasi bekor qilindi. Fransiya Tennis federasiyasi esa unga qo‘shimcha jazo belgilanishini va’da qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Video: jurnalist qizni quchoqlab o‘pgan sportchi musobaqadan chetlatildi