10:33 / 01.06.2017
7 377

Yangi ishga kirgan insonga 5 ta maslahat!

Yangi ishga kirgan insonga 5 ta maslahat!
Yangi kelgan xodimning kollektivga o‘rganib ketishi ko‘pincha uning o‘ziga bog‘liq. Bu erda professional xislatlardan tashqari, shaxsiy fazilatlar muhimroq o‘rin tutadi. Keltirilgan bir nechta maslahatlarimiz sizga yangi ish joyingizga tezda moslashib olishingizda yordam beradi.

1. Tabassum qiling!
Yangi insonlar bilan tanishganingizda va ular bilan muloqot chog‘ida har doim tabassumda bo‘lishga harakat qiling. Munosabatga ochiq bo‘ling. Agar barcha hamkasblaringizning ismlarini eslab qololmasangiz, buning hech ham qo‘rqinchli joyi yo‘q. Muhimi har biri bilan do‘stona munosabatda bo‘ling.

2. Do‘stona aloqa o‘rnating
Yangi ish joyiga kelganda, imkon boricha boshqa xodimlar bilan do‘stona aloqa o‘rnatishga harakat qiling. Bunga Siz ularga savollar berish, kompliment qilish orqali erishishingiz mumkin. Yangi hamkasblaringiz egnida bo‘lgan kiyimlarni chiroyliligini va qayerdan olganligiga, ularning bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazishi va xobbilari haqida savollar bering. Berilgan javoblarni eslab qolishga harakat qiling, bu keyingi suhbatlarni davom ettirish uchun sizga oz qotadi.

3. Kuzatuvchan bo‘ling!
Yangi hamkasblaringizning hayotlari bilan qiziqing. Boshqa hamkasblaringiz haqida so‘rang. Kim bilan do‘st bo‘lish, kim bilan esa bahslashish yaxshilikka olib kelmasligi haqida bilib oling. Chiroyli eshitilmasa ham mish-mishlardan xabardor bo‘lib boring, chunki bu Sizning foydangizga ishlashi mumkin. Yangi xabarlar Sizga kollektivda o‘z o‘rningizni topishga xizmat qiladi. Biroq hamkasblaringizni muhokama qilishdan saqlaning.

4. Tashabbuskor bo‘ling!
Hammani ishdan keyin qaergadir taklif qiling (muzda uchishga, kinoga, kafega – qayerda bemalol muloqot qilish imkoni bo‘lsa o‘sha joyni tanlang). E’tibor bering, agar Sizning bo‘limingizdagi hamkasblaringiz tushlikka qaergadir bormoqchi bo‘lishsa, Siz ham ular bilan birga borishingizni ayting. Buni qilishdan uyalmang, har doim insonlar uchun yangi xodim bilan muloqot qilish qiziq bo‘ladi.

5. Jamoa a’zosi bo‘ling.
Jim yurmang, miyaga kelgan qiziq fikrlaringiz haqida bo‘lishing. Ko‘plar yangi joy va yangi jamoat oldida noto‘g‘ri gapirib qo‘yishdan qo‘rqishadi. Siz bunday bo‘lmang, aslida hech nima yo‘qotmaysiz! O‘ylab ko‘ring, balki siz aytgan fikr ko‘plarga ma’qul bo‘lar.

Agar Sizga hech kim e’tibor bermagan bo‘lsa, fikringiz hech kimga yoqmagan bo‘lsa, tabassumingizga esa ahamiyat ham berishmagan bo‘lishsa ham xavotir olmang. Shunchaki Sizga hali ko‘nikishga ulgurishmagan. Bir necha kundan so‘ng, o‘zingizni yana ko‘rsating, Sizni baholashadi va albatta hurmat qilishni boshlashadi. Esda tuting, har qanday sharoitda ham ish joyida ijobiy kayfiyatda yurish har doim yordam beradi.

Manba: mulohaza.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangi ishga kirgan insonga 5 ta maslahat!