07:35 / 02.06.2017
7 116

Ro‘za kunida avtomobil o‘g‘irlayotganlarga insof bersin

Ro‘za kunida avtomobil o‘g‘irlayotganlarga insof bersin
Joriy yilning 29 may kuni taxminan soat 11:15 larda, noma’lum shaxs Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, Sho‘rtepa ko‘chasida fuqaro Zokir Daminovga tegishli bo‘lgan Matiz rusumidagi avtomobilni qulflanmaganidan foydalanib olib qochgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, avtoulov Mirzo Ulug‘bek tumani, Mohlaroyim ko‘chasidan topilib, mazkur jinoyat Dmitriy Aleksandrovich Kostrov tomonidan sodir etgani aniqlangan. Shuningdek, jinoyatchidan qo‘lqoplar, avtoulov kaliti va pulti ashyoviy dalil sifatida olingan.

Kostrovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiya va ismlarning xar qanday o‘xshashligi tasodifiy xarakterga ega.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ro‘za kunida avtomobil o‘g‘irlayotganlarga insof bersin