16:06 / 02.06.2017
19 037

Ayol jinga «Shunday qilki, erim tunu kun men haqimda o‘ylasin» deb buyuribdi. Bilasizmi, jin nima qilgan?

Ayol jinga «Shunday qilki, erim tunu kun men haqimda o‘ylasin» deb buyuribdi. Bilasizmi, jin nima qilgan?
Ayolning jindan iltimosi
Bir ayol Alouddinning sehrli chirog‘ini topib olib, uni ishqalagan ekan ichidan jin chiqib: «Amringizga muntazirman!» — debdi.
Ayol jinga buyruq berib: «Shunday qilginki, men erimning ko‘z quvonchi bo‘lay: ertalab turganda birinchi bo‘lib menga qarasin, uxlashdan oldin oxirgi ko‘rgani ham men bo‘lay, meni o‘ylab kechalari uxlolmay chiqsin, xayoli faqat menda bo‘lsin», — debdi. Bu gaplarni eshitgan jin ayolni samsung telefoniga aylantirib, unga telegramm o‘rnatib qo‘yibdi‍‌‌‌‌‌‍‌‍‍‌.
***
Toshbaqaning uyi yonsa…
Toshbaqa barga kirib zo‘rg‘a barmen stoliga yaqinlashib:
— Barmen bir stakan suv ber, — debdi.
Barmen suvni bersa, olib bardan chiqib ketibdi.
Ertasiga yana kirib, bir stakan suv olib chiqib ketibdi. Uchinchi kuni kirib yana bir stakan suvni olib chiqib ketayotgan ekan barmen qiziqib so‘rabdi:
—Nega doim suvni ichmasdan olib chiqib ketyapsan?
Toshbaqa:
—Hozir tushuntirishga vaqt yo‘q, uyim yonmoqda, – debdi.
***
Besh yashar qizchaning turmush haqidagi tushunchasi
Besh yashar bolakay tengdosh qizchadan so‘radi:
— Katta bo‘lgach, menga turmushga chiqasanmi?
— Yo‘q.
— Nega?
— Bizning oiladagilar faqat o‘z yaqinlari bilan turmush qurishadi. Masalan, bobom momomga, dadam oyimga, tog‘am yangamga uylanishgan!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ayol jinga «Shunday qilki, erim tunu kun men haqimda o‘ylasin» deb buyuribdi. Bilasizmi, jin nima qilgan?