08:08 / 03.06.2017
6 213

Moskvalik erkak o‘g‘rilardan himoya qilish uchun mashinasiga “mina qo‘ydi”

Moskvalik erkak o‘g‘rilardan himoya qilish uchun mashinasiga “mina qo‘ydi”
Moskvalik erkak o‘g‘rilarni cho‘chitish maqsadida mashinasiga “mina qo‘yilgan”, deb yozib qo‘ydi, deya xabar berdi Darakchi.uz nashri.

Moskva shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi avtomobil egasining harakatlari qonuniyligini o‘rganmoqda.

IIV xabaridan: “Cheryomushki tumanidagi Novocheryomushkinskiy ko‘chasidagi uylardan birida yashovchi odamlar hovlida oynasiga “mashinaga mina qo‘yilgan” deb yozilgan, Mercedes-Benz rusumli avtomobil turganligini ma’lum qildi.

Voqea joyiga iti bilan etib kelgan kinolog, mashinani tekshirib, birorta xavfli buyum topmadi. Mashinaning egasi Moskvada yashovchi 51 yoshli erkak ekanligi aniqlandi. U avtomobilni yaqinda sotib olganini, hali signalizasiya qo‘yishga ulgurmaganligini, o‘g‘rilarni qo‘rqitish maqsadida mazkur yozuvni yozganligini ma’lum qildi. Ayni paytda mazkur fakt yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Moskvalik erkak o‘g‘rilardan himoya qilish uchun mashinasiga “mina qo‘ydi”