00:01 / 04.06.2017
11 194

Ichki ishlar tizimida bir qator muhim lavozim almashtirishlar amalga oshirildi

Ichki ishlar tizimida bir qator muhim lavozim almashtirishlar amalga oshirildi
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tizimida bir qator muhim lavozim almashtirishlar amalga oshirildi. Bu haqda "Postda" nashrida ma’lum qilindi.

Quyida yangi lavozim tayinlashlar ro‘yxati keltirilgan:

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining "Postda", "Na postu" gazetalari, "Qalqon", "Щit" jurnallari birlashgan tahririyati bosh muharriri lavozimiga podpolkovnik Turg‘unov Ilhom Turg‘unovich;

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tergov faoliyatini tashkillashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga podpolkovnik Berdialiev Baxtiyor Erkinovich;

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari lavozimiga podpolkovnik Turdiev Samad Terikulovich;

Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari lavozimiga podpolkovnik Murotaliev Tohir Mahamadalievich;

Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – ijtimoiy va moliyaviy ta’minot xizmati boshlig‘i lavozimiga polkovnik Kenjaboyev Valijon Alievich;

Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga podpolkovnik Alimov Shahzod Qo‘rqmasovich;

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga podpolkovnik Abdulhakov Yahyojon Ortiqboyevich;

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Xodimlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga podpolkovnik Davlatov Shovqiddin Mamadievich tayinlandilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ichki ishlar tizimida bir qator muhim lavozim almashtirishlar amalga oshirildi