14:58 / 04.06.2017
7 528

Kofein dozasining oshirilishi qanday oqibatlarga olib keladi?

Kofein dozasining oshirilishi qanday oqibatlarga olib keladi?
Olimlar kofeinga doir tadqiqot o‘tkazishdi. U haqiqatdan tetiklikni qaytarish, uyquga to‘ymaslik va charchoq bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishga yordam beradi, biroq kofein dozasining me’yordan oshirilishi organizm uchun jiddiy xavf keltirishi mumkin. Bu haqda "Inforeaktor" nashriga tayanib "Kun.uz" xabar berdi.

Ma’lumki, me’yor deganda kuniga 400 milligramm (mg) qahva tushuniladi - bu taxminan 4 finjon qahva. Qahva iste’moli shu ko‘rsatkichdan oshgan taqdirda, uning belgilari insonning tashqi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi: qizarish, yurakning tez urishi, mushaklar, nutq, fikrlash hamda oshqozon-ichak trakti faoliyatining buzilishi.

Shuningdek asabiylashish, asossiz bezovtalik va kayfiyatning o‘zgarishi ham kofein dozasining oshirilishi natijasida yuzaga keladi.

Olimlar 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarga umuman kofein iste’molini taqiqlashadi. O‘smirlar uchun kunadlik doza - 100 mg, katta yoshlilar uchun esa - 200 mg. Maksimal ta’sir 2 soatdan keyin seziladi, shuning uchun qahva yoki choyni uyqudan 4 soat oldin ichish maqsadga muvofiq.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kofein dozasining oshirilishi qanday oqibatlarga olib keladi?