13:09 / 05.06.2017
5 778

O‘zini mansabdor deb tanishtirgan har bir odamga ishonmang!

O‘zini mansabdor deb tanishtirgan har bir odamga ishonmang!
Yangiyo‘l tumanida istiqomat qiluvchi Nurali Riskulov (ism-shariflar o‘zgartirilgan) o‘zini mansabdor shaxs deb tanishtirib, fuqaro Sherzod Alievning “er hujjatlarini rasmiylashtirib beraman”, degan bahona bilan 500 AQSh dollari olgan.

Ushbu pullarni shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborib, firibgarlik yo‘lini tutgani haqida Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Xuddi shu kabi ustasi farang firibgar 1971 yilda tug‘ilgan Nodir Vafoyev Zangiota tumanida joylashgan kushxonasida “6 foiz evaziga naqd qilib beraman” deb, aldov yo‘li bilan Toshkent shahrida yashovchi tadbirkor Bahodir Malikovning 200 000 000 so‘m puli bo‘lgan plastik kartochkasini olib, shu kunga qadar qaytarib bermagan.

“Shuni alohida ta’kidlash lozimki, har bir fuqaro o‘z haq-huquqlarini yaxshi anglab, qonunlarni puxta o‘rgansalar, olgan huquqiy bilimlari bunday firibgarlarning nayrangiga qarshi eng samarali vosita bo‘ladi. Firibgarlarga osongina aldanib qolmaydi”, deb xabar qoldirgan IIB rasmiy veb sahifasida.

Hozirda ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zini mansabdor deb tanishtirgan har bir odamga ishonmang!