19:08 / 05.06.2017
7 354

1.500 AQSh dollar evaziga «Uzmobile» uyali aloqa kompaniyasiga ishga kiritmoqchi bo‘lgan firibgar qo‘lga olindi

2016 yilning 08 iyul kuni noma’lum shaxs, Yakkasaroy tumani hududida, fuqaro Surayyo Bobirovnaning ishonchiga kirib, uni “Uzmobile” uyali aloqa kompaniyasiga ishga joylashtirishni va’da qilib, aldov yo‘li bilan undan 1.500 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘larini qo‘lga kiritganidan so‘ng, hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB saytida xabar berilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik, ya’ni o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan olib borilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyat muqaddam firibgarlik bilan bir necha marotaba sudlangan, 1981 yilda tug‘ilgan Abuhamid Abduvaxitovich Abdullaev tomonidan sodir etganligi aniqlangan.

Abdullaevga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
1.500 AQSh dollar evaziga «Uzmobile» uyali aloqa kompaniyasiga ishga kiritmoqchi bo‘lgan firibgar qo‘lga olindi

Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiya va ismlarning xar qanday o‘xshashligi tasodifiy xarakterga ega.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1.500 AQSh dollar evaziga «Uzmobile» uyali aloqa kompaniyasiga ishga kiritmoqchi bo‘lgan firibgar qo‘lga olindi