Shavkat Mirziyoyev shu hafta Qozog‘istonga borishi kutilmoqda

  • 05 iyun 2017, 23:10
  • 4 751
  • Jamiyat
  • Shavkat Mirziyoyev shu hafta Qozog‘istonga borishi kutilmoqda
    Joriy yilning 8-9 iyun kunlari Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari ham ishtirok etadi, deb yozadi “Qalampir.uz” sayti.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ana shu sammitda ishtirok etish uchun qo‘shni mamlakatga tashrif uyushtirishi kutilmoqda.

    O‘zbekiston Respublikasi Qozog‘iston Respublikasining ShHTga raisligi doirasida hamda joriy yil 8-9 iyun kunlari Ostona shahrida Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishini muvaffaqiyatli o‘tkazish bo‘yicha uning sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

    Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 22-23 mart kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘lgan edi.

    Keyinroq, 29 aprel kuni esa amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘lgan va Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashgan edi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Shavkat Mirziyoyev shu hafta Qozog‘istonga borishi kutilmoqda