12:06 / 06.06.2017
7 637

Mirziyoyev o‘zbek avtosanoatini isloh qilishni boshladi

Mirziyoyev o‘zbek avtosanoatini isloh qilishni boshladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021 yilga qadar respublikadagi avtomobil sanoatini rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Ushbu hujjatga ko‘ra, besh yildan so‘ng O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmi 5 barobar ortadi. Shu bilan birga, importning ishlab chiqarish hajmiga nisbatan solishtirma nisbati 12,5 %ga qisqaradi, sanoat korxonalarida mehnat qiluvchilar miqdori esa 1,2 barobarga oshadi. Buning uchun umumiy miqdori 800 mln dollardan ortadigan sarmoyaviy loyihalarini o‘zlashtirish va hayotga tadbiq etish rejalashtirilgan.

Qarorga muvofiq "O‘zavtosanoat" aksiyadorlik kompaniyasi "O‘zavtosanoat" aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.

Yana bir qiziqarli faktlardan biri shuki, mamlakat prezidenti joriy yilning 1 iyunidan boshlab GM Uzbekistan AJ avtomobillariga aksiz solig‘i stavkasini 29 %dan 27 %ga pasaytirdi. Shu bilan birga, bunday pasayish 2017 yilning 1 iyuniga qadar imzolangan, avtomobil qiymatining kamida 85 foiziga to‘langan shartnomalar bo‘yicha realizasiya qilinuvchi avtomobillarga tegishli bo‘ladi.

Shu bilan birga imtiyozlar haqida ham unutib qoldirilmadi. "O‘zavtosanoat" AJning ba’zi korxonalari soliq imtiyozlarini oladigan bo‘ldi.

"O‘zavtosanoat" AJ tashkilotlariga, istisno tariqasida, 2017-2021 yillarda ishlab chiqariluvchi avtobuslar va yuk texnikasi, o‘rnatilgan va tirkama texnikalar, shuningdek, ularning ehtiyot qismlari eksporti avvaldan to‘lov qilinmasdan yoki akkreditiv ochmasdan, xaridor bankining kafolati bo‘lgan holda, ko‘rsatilgan mahsulot xaridorlarga etkazib berilgan kundan boshlab 180 kun ichida tushum tushishi yoki qayta olib kirish sharti bilan ruxsat berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mirziyoyev o‘zbek avtosanoatini isloh qilishni boshladi