17:44 / 07.06.2017
5 997

Turkmanistonda ijtimoiy imtiyozlar bekor qilinadi

Turkmanistonda ijtimoiy imtiyozlar bekor qilinadi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammadov aholi uchun mavjud ijtimoiy imtiyozlarni samarasiz deb atadi va barcha imtiyozlarni bekor qilishni talab qildi. Uning fikricha, ijtimoiy yordam manzilli bo‘lishi, ya’ni kim muhtoj bo‘lsa, o‘sha fuqaroga taqdim etilishi kerak. Turkmaniston davlat axborot agentligining xabar qilishicha, prezident imtiyozlar tizimini isloh qilish bo‘yicha taklifni ishlab chiqish vazifasini bosh vazir o‘rinbosari Byashimmurat Xojamammedovga topshirgan, deb yozadi Kun.uz nashri.

Ma’lumki, Turkmanistonning birinchi prezidenti Saparmurat Niyozov 1993 yilda fuqarolar uchun imtiyozlarni joriy qilgan, shundan buyon, aholi ichimlik suvi, gaz va elektr energiyasiga haq to‘lamas edi.

Turkmaniston rahbari moliyaviy-iqtisodiy soha bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishda, moliya va iqtisod yo‘nalishlariga javob beruvchi mas’ullarni tanqid qilib, ularga hayfsan e’lon qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Turkmanistonda ijtimoiy imtiyozlar bekor qilinadi