2017 yil 1 iyuldan boshlab jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar har oyning 10-sanasiga qadar o‘tgan oyda iste’mol qilingan energiya resurslari uchun to‘liq hisob-kitob qilishlari shart. Bu haqda “Sputniknews-uz.com”ga tayanib “Nuz.uz” xabar bermoqda.
Demak, 2017 yilning 1 iyulidan boshlab quyidagi tartib joriy etiladi:
Iste’molchilar — jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar har oyning 10 —sanasiga qadar o‘tgan oyda iste’mol qilingan energiya resurslari uchun to‘liq hisob-kitob qilishlari shart;
— mazkur bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin qarzdorlik mavjud bo‘lganda, iste’molchi — jismoniy shaxslar belgilangan tartibda elektr va gaz taqsimlash tarmoqlaridan majburiy uziladi;
mazkur bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilganlardan tashqari, iste’molchilarga energiya resurslarini etkazib berish 100 foizlik oldindan haq to‘lash asosida amalga oshiriladi. Oldindan haq to‘lanmagan hollarda, mazkur iste’molchilarga nisbatan elektr va gaz taqsimlash tarmoqlaridan to‘liq uzishgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi;
— elektr va gaz tarmoqlaridan ilgari uzib qo‘yilgan shaxslarni qayta ulashda iste’molchi — jismoniy shaxslardan eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida, iste’molchi — yuridik shaxslardan eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida to‘lov qayta ulashni amalga oshirgan tashkilot hisobiga mablag‘larni o‘tkazish orqali undiriladi;
iste’molchi energiya resurslari iste’molini hisobga olish uskunalarining lozim darajada ekspluatasiya qilinishi va sozligi uchun javobgar bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi