12:01 / 09.06.2017
6 666

Virtual qabulxonaga javob qaytarmagan hokim ishdan chetlatildi

Virtual qabulxonaga javob qaytarmagan hokim ishdan chetlatildi
Samarqand viloyatining Nurobod tumanida viloyat hokimi H.Oqbo‘taev boshchiligida tanqidiy ruhda xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qalampir.uz sayti ma’lum qildi.

Majlisda ko‘pdan beri “gazak” olib kelayotgan o‘nlab muammolar o‘rtaga tashlangan. Ya’niki, yaylov maydonlari etarli bo‘lgan tumanda 72,5 ming bosh qoramol, 556 ming bosh qo‘y-echki parvarishlanayotgan, 3,3 ming tonna go‘sht va 41 ming tonna sut etishtirayotgan tumanda chorva mahsulotlarini qayta ishlaydigan birorta ham korxona mavjud emas. Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini shakllantirishda mutasaddilar go‘sht va sut mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxona tashkil etish borasida bitta ham loyiha kiritmagan. Terini qayta ishlaydigan yoki charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxona yo‘q.

Tadbirkorlarga etarli shart-sharoit yaratilmagani oqibatida joriy yilning birinchi choragida 12 ta sub’ekt faoliyatini to‘xtatgan, ro‘yxatga olinganlarining 10 foizi turli sabablarga ko‘ra ishlamayapti.

Xuddi shuningdek, Nurobodda etishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlari qayta ishlanmaydi. Sement, marmar, ohak, gips, bo‘r kabi qurilish materiallarining boy tabiiy mineral xomashyo zaxirasi bo‘lsa-da, ularning atigi 0,1 foizidan foydalanilmoqda.

Tumanda birinchi chorakda sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi doirasida bitta ham loyiha foydalanishga topshirilmagan, tuman hokimligi bu borada loyiha rejalashtirmagan ham. 2015-2016 yillarda ishga tushirilgan 10 ta loyiha ham turli sabablar bilan mahsulot ishlab chiqarmayapti.

Aholiga malakali va tez tibbiy yordam ko‘rsatish saviyasi past. 2015 yilda foydalanishga topshirilishi lozim bo‘lgan tumandagi yagona madaniyat va aholi dam olish maskanidagi ishlar haligacha yakuniga etmagan.

2017 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga nurobodliklar tomonidan yo‘llangan 304 murojaatning 144 tasiga belgilangan muddatlarda javob qaytarilmagan.

Shu sabablar bilan tuman hokimi Baxtiyor Ergashev vazifasidan ozod etilgan. Uning o‘rniga viloyat hokimi tavsiyasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi, o‘rta-maxsus kasb hunar ta’limi markazi huzuridagi axborot metodik xizmati axborot metodik ta’minlash bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Zoirov Faxriddin Absalomovich Nurobod tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Sessiya so‘ngida mutasaddilarga kamchiliklardan tegishli xulosa chiqarish aytilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Virtual qabulxonaga javob qaytarmagan hokim ishdan chetlatildi