12:42 / 09.06.2017
8 649

Ijtimoiy tarmoqlarda Jasurbek Ibrohimov ishtirokidagi videolar tarqaldi (Video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Jasurbek Ibrohimov ishtirokidagi videolar tarqaldi (Video)
Joriy yilning 3 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar orqali Toshkent shahrida joylashgan P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o‘quvchisi Jasurbek Ibrohimovning vafoti haqidagi xabarlar bir zumda tarqalib ketgan edi.

Keyinroq Jasurbekning xotirasi uchun bir hofiz qo‘shiq kuylab chiqdi. Endi esa ijtimoiy tarmoqlardagi marhumning xotirasi uchun ochilgan sahifalarda Jasurbek Ibrohimovning vafotidan oldingi videolari ommalashmoqda.

“Bir necha kun oldin Jasurning yaqin o‘rtog‘i o‘zining do‘sti haqida video jo‘natgan edi. Bu erga yuklashga botinolmagandim. Ammo kecha Jasur xotirasiga bag‘ishlab yozilgan qo‘shiq yuborishdi. Yuklashga qaror qildim. Bu video hamma uchun eslatma bo‘lsin: biz bir-birimizga ko‘proq yaxshilik qilishimiz, o‘zimizda va kelajak avlodda odamiylik hissini ulg‘aytirishimiz darkor”, deyiladi videopostda.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ijtimoiy tarmoqlarda Jasurbek Ibrohimov ishtirokidagi videolar tarqaldi (Video)