Ostonadagi sammit ishtirokchilari bir ovozdan sammitda tarixiy qaror qabul qilindi, deb hisoblaydi. Bu haqda Tengrinews.kz'ga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Sammitdagi eng muhim voqea Shanxay hamkorlik tashkiloti tarkibiga Hindiston va Pokistonning qo‘shilishi bo‘ldi. Bugungi kungacha bu davlatlar tashkilotda kuzatuvchi maqomida edi.
"Ostonada tashkilotimiz tarixidagi muhim hodisa ro‘y berdi. Biz ikki yangi a’zoni qabul qildik - Hindiston Respublikasi va Pokiston Respublikasining tashkilotga a’zo bo‘lishi jarayoni yakunlandi. Shu tariqa, Shanxay hamkorlik tashkiloti amalda dunyo siyosati va dunyo iqtisodiyotida muhim rol o‘ynaydigan bo‘ldi", - degan Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev.
Qozog‘iston prezidenti o‘z xalqi nomidan Hindiston va Pokistonni tashkilot a’zosi bo‘lgani munosabati bilan tabriklagan.
"Sizning xalqlaringiz - tashkilotning to‘la huquqli a’zolaridir. Ishonamanki, bu Shanxay hamkorlik tashkiloti rivojidagi yangi davrni boshlab beradi, tashkilotning salohiyati ortadi, xalqaro maydondagi nufuzi oshadi", - deya Ostona sammiti ishtirokchilariga yuzlangan Qozog‘iston prezidenti.
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari Hindiston va Pokistonni ShHT a’zoligiga qabul qilish jarayonini tugatish va ularga ShHTga a’zo davlat maqomini berish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?