21:09 / 10.06.2017
12 077

Toshkentdagi 2-sonli akademik liseyda “Oliyjanob inson fazilatlari” o‘quv kurslari tashkil etildi

Toshkentdagi 2-sonli akademik liseyda “Oliyjanob inson fazilatlari” o‘quv kurslari tashkil etildi
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar samaradorligini yanada oshirishda ularda oliyjanoblik fazilatlarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning uchun o‘quvchilarda oliyjanoblik fazilatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risidagi ko‘nikmalarni shakllantirish, o‘quvchilar ongiga chuqur singdirish maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi 2-sonli akademik lisey o‘quvchi va o‘qituvchilari o‘rtasida “Oliyjanob inson fazilatlari”, “Kachestva blagorodnogo cheloveka” nomli mavzuda besh kunlik o‘quv kurslari tashkil etildi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilar orasida kitobxonlikni ommalashtirish, oliyjanoblikni targ‘ib qiladigan adabiyotlar, gazeta va jurnallar haqida ma’lumotlar bilan tanishtirishdir. Akademik lisey va kasb-hunar muassasalari o‘quvchilarida oliyjanoblik fazilatlarining mazmuni, mohiyati va ahamiyati to‘g‘risidagi ko‘nikmalarni shakllantirish, mehr-muruvvat, o‘zaro hurmat, hamjihatlik, bag‘rikenglik kabi axloqiy qadriyatlarni tarbiyalashdan iboratdir.

O‘quv kurslariga soha mutaxassislari, faxriylar, nuroniylar, shoirlar, yozuvchilar, san’atkorlar va boshqa ziyolilar, ota-onalarni jalb etgan holda hayotiy va jonli o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan bugun lisey o‘quvchilari bilan badiiy asarlarni mutolaa qilishga qiziqtirish hamda oliyjanoblik his-tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida “Kitoblar dunyosiga sayohat” uyushtirildi.


Bundan tashqari akademik lisey o‘quvchi, o‘qituvchi va ota-onalar o‘rtasida “Oliyjanoblik nima?”, “Chto takoe blagorodstvo?” mavzularida insholar tanlovi e’lon qilindi. Tanlov natijalariga ko‘ra 1-o‘rin sohibiga noutbuk, 2-o‘rin sohibiga - planshet, 3-o‘rin sohibiga uyali aloqa telefoni hamda g‘olib o‘qituvchi va ota-onalarga kitoblar sovg‘a qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi 2-sonli akademik liseyda “Oliyjanob inson fazilatlari” o‘quv kurslari tashkil etildi