12:01 / 12.06.2017
6 481

Kollej va lisey o‘quvchilari uchun bepul o‘qish imkoniyatini beradigan tanlov e’lon qilindi

Kollej va lisey o‘quvchilari uchun bepul o‘qish imkoniyatini beradigan tanlov e’lon qilindi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi respublikadagi barcha o‘rta maxsus, kasb-hunar kolleji o‘quvchilari uchun tanlov e’lon qildi. Tanlovga bugundan start berildi va internet tarmog‘idagi www.tanlov.yk.uz sayti orqali bo‘lib o‘tadi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Tanlovda g‘olib chiqqan ishtirokchilar quyidagi sovrinlar bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin: Respublika hududidagi o‘quv markazlaridan birida uchta fandan ko‘pi bilan bir yillik bepul o‘qish uchun sertifikat;
2-o‘rin: Respublika hududidagi o‘quv markazlaridan birida ikkita fandan ko‘pi bilan bir yillik bepul o‘qish uchun sertifikat;
3-o‘rin: Respublika hududidagi o‘quv markazlaridan birida bitta fandan ko‘pi bilan bir yillik bepul o‘qish uchun sertifikat.

O‘quv markazi g‘olib tomonidan tanlanadi. Bunda g‘olib bo‘lgan o‘quvchi tahsil olmoqchi bo‘lgan oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihonlaridagi test sinovlari o‘tadigan fanlar bo‘yicha qo‘shimcha tayyorlov amalga oshiriladi.

G‘oliblarga o‘z xohishiga binoan bepul o‘qish uchun berilgan sertifikat o‘rniga mukofot sifatida Lenovo Core i5 noutbugi (1-o‘rin), Samsung Galaxy Tabe plansheti (2-o‘rin), Xiaomi RedMi Pro smartfoni (3-o‘rin) berilishi mumkin.

Shuningdek, g‘oliblar o‘z ixtiyori bo‘yicha bepul o‘qish huquqini boshqa shaxsga ham o‘tkazishi mumkin.

Tanlov o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida xalqaro va milliy mehnat standartlarining mohiyatini targ‘ib qilish, shu orqali faol fuqarolik pozisiyasiga ega bo‘lgan avlodni tarbiyalashga hissa qo‘shish maqsadida o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kollej va lisey o‘quvchilari uchun bepul o‘qish imkoniyatini beradigan tanlov e’lon qilindi