12:23 / 12.06.2017
5 490

Myanmada halokatga uchragan samolyotning yana 26 yo‘lovchisi jasadi topildi

Myanmada halokatga uchragan samolyotning yana 26 yo‘lovchisi jasadi topildi
Andaman dengizda Myanma QKning halokatga uchragan harbiy samolyotida bo‘lgan yana 26 insonning jasadi topildi. Shu tariqa, aviahalokat qurbonlari soni 59 nafarga etdi. Bu haqda Sinxua agentligiga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Qutqaruvchilar shu paytga qadar 26 erkak, 23 ayol va to‘qqiz nafar bolaning jasadini suvdan chiqarib olishgan, yana bir jasad qoldiqlari kimga tegishli ekani aniqlangani yo‘q.

Myanmaning janubiy qirg‘oqlari yaqinida qidiruv amaliyoti davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 7 iyun kuni Myanma qirg‘oqlarida harbiy samolyot halokatga uchradi. Uning bortida 122 kishi, jumladan, 15 nafar bola bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Myanmada halokatga uchragan samolyotning yana 26 yo‘lovchisi jasadi topildi