10:44 / 12.06.2017
9 158

Uchtepa tumanida 60.000 so‘mlik fohishaxona yopildi

Uchtepa tumanida 60.000 so‘mlik fohishaxona yopildi
2017 yilning 08 iyun kuni taxminan soat 22:35 larda, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Begzod Xasanov Uchtepa tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlab, 60.000 so‘m pul evaziga fuqaro «A» va «D» larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yuqoridagi shaxsning anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiya va ismlarning o‘xshashlik holati tasodifiy harakterga ega.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uchtepa tumanida 60.000 so‘mlik fohishaxona yopildi