17:48 / 12.06.2017
6 510

Ijtimoiy so‘rov: Notarial idoralar faoliyatidan rozimisiz?

Ijtimoiy so‘rov: Notarial idoralar faoliyatidan rozimisiz?
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida notarial idoralar faoliyatini avtomatlashtirish, barcha notarial bitimlar hisobini markazlashgan holda yuritish va idoralararo elektron hamkorlikni hisobga olgan holda, aholi va tadbirkorlarga notariat sohasida interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan.

Ushbu chora-tadbirlarning hayotiyligini ta’minlash, sohadagi muammolarni chuqur tahlil qilish maqsadida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan keng jamoatchilik o‘rtasida ijtimoiy so‘rov o‘tkazilmoqda. O‘ylaymizki, ushbu so‘rovnomada faol ishtirok etib, notariat idoralari faoliyatiga xolis baho berasiz. So‘rov 2017 yilning 17 iyun kuniga qadar davom etadi. So‘rovnomaga o‘tish

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ijtimoiy so‘rov: Notarial idoralar faoliyatidan rozimisiz?