2017 yilning 11 iyun kuni taxminan soat 02:30 larda muqaddam sudlangan Doniyar Shuxriddinovich Xaitbaev o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Bektemir tumani hududida fuqaro Botir To‘raevning «ZIL-131» rusumli avtoulovi salonidan bahosi 75.000 so‘mlik «Nokia-1280» rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashirinmoqchi bo‘lgan vaqtda, ushbu hududda tungi xizmatni olib borayotgan Bektemir tumani IIB xodimlari tomonidan daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan, deb xabar berdi Poytaxt IIBB matbuot xizmati.
Xaitbaevga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiyasi va ismi xar qanday o‘xshashligi tasodifiy harakterga ega. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi