18:07 / 13.06.2017
6 866

Toshkent shahrida 11 iyun kuni 8 ta mast holda transport vositasini boshqargan shaxs aniqlandi

Toshkent shahrida 11 iyun kuni 8 ta mast holda transport vositasini boshqargan shaxs aniqlandi
2017 yilning 11 iyun kuni, Toshkent shahri hududida 5 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisasida 4 nafar shaxs tan jarohati olgan, 1 nafar shaxs vafot etgan, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Yo‘l harakati xavfsizligi huquqbuzarliklari:

2017 yilning 11 iyun kuni, Toshkent shahar IIBB YPX inspektorlari tomonidan jami 2306 ta huquqbuzarliklar bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 559 tasini qo‘pol turdagi, 8 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan.

Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 11 iyun kuni jami 1175 ta huquqbuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 589 tasini svetaforning ta’qiqlovchi chirog‘iga bo‘ysinmasdan harakatlanish, 586 tasini belgilangan me’yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahrida 11 iyun kuni 8 ta mast holda transport vositasini boshqargan shaxs aniqlandi