13:51 / 14.06.2017
7 160

Yunusobod tumanida chet el fuqarosiga hujum qilgan bosqinchilar qo‘lga olindi

Yunusobod tumanida chet el fuqarosiga hujum qilgan bosqinchilar qo‘lga olindi
2017 yilning 12 iyun kuni taxminan soat 02:30 larda, Alisher Ulug‘bekovich Yuldashev, Vladislav Dmitrviech Pletnyov va Sergey Dmitrievich Nigmatovlar o‘zganing mol-mulkini bosqinchilik yo‘li bilan talon-toroj qilish maqsadida, Yunusobod tumani hududida chet el davlat fuqarosiga hujum qilib, tan-jarohati etkazishib, undan 650 AQSh dollari va bahosi 800.000 so‘mlik «IPhone-4S» rusumli uyali aloqa telefon apparatini talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashirinmoqchi bo‘lgan vaqtida, ushbu hududda tungi xizmatni olib borayotgan Yunusobod tumani IIB xodimlari tomonidan daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 2-qismi «a,b» bandlari (bosqinchilik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilib, zo‘rlik ishlatish bilan, qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan narsalarni ishlatib, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Yuldashev, Pletnyov va Nigmatovlarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.


Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yunusobod tumanida chet el fuqarosiga hujum qilgan bosqinchilar qo‘lga olindi