Rossiyaning Kuban viloyatidagi Kushevskiy qishlog‘ida 15 yoshli maktab o‘quvchisi 64 yoshli pensionerdan farzand ko‘rdi. Ushbu holat yuzasidan "16 yoshga etmagan shaxs bilan jinsiy aloqaga kirish" moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligiga tayanib “Kun.uz” xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, bola dunyoga sog‘lom kelgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qiz nochor oila farzandi bo‘lgan.
Ushbu holat yuzasidan Kushevskiy tumanida tekshiruv o‘tkazilmoqda.
"Tergov borishi va natijasi prokuratura nazoratiga qo‘yildi. Bundan tashqari, nazoratsizlikning oldini olish bo‘yicha tizimlar idoralari ishiga baho beriladi", deb aytildi xabarda.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, qiz va pensioner o‘rtasida aloqa ularning o‘zaro roziligi bilan boshlangan. Ular orasida aloqa borligi qiz tuqqandan keyin ma’lum bo‘lgan. Pensionerga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
2016 yil oktyabrda Saratov viloyatida balog‘atga etmagan qiz 12 yoshli boladan farzand ko‘rgan va xuddi shu kabi ish gumonlanuvchisiga aylangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi