12:35 / 17.06.2017
4 961

O‘zbekistonlik astronomlar yangi yulduz chaqnashini qayd etdi

O‘zbekistonlik astronomlar yangi yulduz chaqnashini qayd etdi
O‘zbekistonlik astronomlar Qashqadaryo viloyatidagi Hisor tog‘ tizmalarida joylashgan O‘zR FA Astronomiya institutining Maydanak observatoriyasida 25 may kuni o‘ta yangi yulduz chaqnashini qayd etdi, deb yozmoqda «Daryo» nashri.

Bu yulduz Etti qaroqchi yulduz turkumidagi NGC 3938 raqamli spiral galaktikada ko‘rindi.

«Astronomiya sohasidagi zamonaviy tasavvurlarga ko‘ra, yulduzlar ham tirik mavjudotlar kabi tug‘iladi (paydo bo‘ladi), milliard yil rivojlanadi (umr ko‘radi) va nihoyat so‘nadi. Ayrim yulduzlarning evolyusiyasi o‘ta halokatli, katta portlash bilan tugaydi. Bunday paytlarda yulduz qa’rida qizib yotgan modda atrofga sochilib ketadi va kechagina xira bo‘lib yoki umuman Erdan ko‘rinmaydigan yulduzcha o‘rnida yorqin o‘ta yangi yulduz paydo bo‘ladi. Bunday jarayolarni kuzatish olimlarga yulduzlarni tuzilishi va evolyusiyasi qonunlarini tushunish kabi fundamental masalalarga oydinlik kiritishga xizmat qiladi», — deyiladi xabarnomada.

«25 may kuni paydo bo‘lgan va SN 2017ein nomi bilan qayd etilgan o‘ta yangi yulduzning ahamiyati shundaki, u bizga nisbatan yaqin, «atigi» 50 million yorug‘lik yili masofasida joylashgan va biz u haqda batafsil ma’lumotlar olish imkoniga ega bo‘lyapmiz» — qo‘shimcha qilinadi materialda.

Yulduz yorqinligi o‘zgarishining dastlabki tahlillari bu noyob hodisa ekanligini ko‘rsatmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonlik astronomlar yangi yulduz chaqnashini qayd etdi