13:42 / 19.06.2017
5 915

Mobil operatorlarning so‘m tarifikasiyasi aniq sanasi ma’lum bo‘ldi

Mobil operatorlarning so‘m tarifikasiyasi aniq sanasi ma’lum bo‘ldi
Joriy yil so‘ngiga qadar mobil operatorlar va internet-provayderlar tariflari va to‘lovlari qat’iy ravishda milliy valyutada belgilanishi va to‘lanishi haqida xabar bergan edik.

O‘zbekistondagi uyali aloqa operatorlari 2018 yilning 1 iyunidan boshlab tariflarni va hisob-kitoblarni milliy valyuta – so‘mda amalga oshirish vaqti ma’lum bo‘ldi. Mobil operatorlarining faoliyatiga oid yangi tartib O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portaliga joylashtirildi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

Yangi tartibga ko‘ra, to‘lovni xorijiy valyutada amalga oshirish belgilangan qoidaga ko‘ra yuritiladi. Kelasi yilning 1 iyul sanasidan bunday operasiyalar qat’iy ravishda milliy valyutada amalga oshiriladi.

Shuningdek, mobil operator kompaniyasi bilan shartnoma bekor qilingan holda, operator abonent hisobida ishlatilmagan qoldiq summani 15 kun ichida qaytarib berishi lozim bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mobil operatorlarning so‘m tarifikasiyasi aniq sanasi ma’lum bo‘ldi