21:01 / 19.06.2017
6 495

Napolen BONAPARTning Jozefinaga yo‘llagan maktubi

Napolen BONAPARTning Jozefinaga yo‘llagan maktubi
«Kun sayin seni yanada kuchliroq sevib borayapman. Har tun go‘yo bag‘rimdasan, xayolan… Hatto finjondagi choyga ham qo‘l tekkazishni istamayman. Qo‘rqaman. Sendan uzoqdaligimga sabab bo‘layotgan g‘ururimni la’natlashdan qo‘rqaman, Hayotim! Ayni xizmat payti yoki xarbiy lagerlarni ko‘zdan kechirayotib ham halovatim yo‘q. Yuragim jang maydonidan uzoqlarda, Jozefinam vasli bilan parishon. Bu xayollar meni es – hushimdan ayirmoqda.
Agar sendan xuddi Rona daryosining shoshqaloq tezligidek uzoqlashayotgan bo‘lsam, bilginki, visol yaqin. Tun yarmida uyg‘onib, bosh ko‘tarmay ishlashim ham bejiz emas. Tezroqda yoningga qaytish ilinji bu.
Vantoz (taqvim) ning 23 dan 26 sanasiga yo‘llagan maktubingda «SIZ» deb murojaat qilibsan. «SIZ»? Jin ursin! Bunga qanday qo‘ling bordi? Bunchalar sovuqqonlik…
Jozefina! Jozefina! Bir vaqtlar senga aytgan so‘zlarim yodingdami: «Tabiat meni kuchli va sabotli fe’l bilan siylagan, senga esa shu qadar mayinlik ato etganki…» Meni sevmay qo‘ydingmi? Kechir, kechir meni azizam, yuragim tilka – pora bo‘layapti.
Seni deb urayotgan yuragim allaqanday qo‘rquv va cheksiz sog‘inch bilan to‘layotir…
Ismimni aytmay so‘zlashingdan og‘rinayapman. Ha, bu juda alamli va og‘riqliki… Kutaman, ismim yozilgan maktubingni kutaman. Hayr! Evoh, bordiyu mendan ko‘ngling qolgan bo‘lsa, demak hech qachon meni sevmagansan! Men bundan qattiq pushaymon chekishim aniq…»

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Napolen BONAPARTning Jozefinaga yo‘llagan maktubi