23:27 / 20.06.2017
9 656

Samarqandda fuqarolar ishlash uchun qonuniy ravishda Rossiyaga ketishlari mumkin

Samarqandda fuqarolar ishlash uchun qonuniy ravishda Rossiyaga ketishlari mumkin
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Aziz Abduhakimov 19 iyun kuni Sankt-Peterburg delegasiyasini qabul qildi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi Hordiq.uz nashri.
Aziz Abduhakimov va Sankt-Peterburg mehnat va bandlik bo‘yicha Qo‘mita raisi D.Cherneyko bilan suhbatlashdi. Uchrashuv davomida Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi va Tashqi mehnat migrasiyasi masalasi bo‘yicha agentlik vakillari ham ishtirok etishdi.
Muloqot davomida Samarqandda O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish bo‘yicha Rossiya migrasion markazi tashkil etish borasida muhokama o‘tkazildi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri markazda mehnat migrantlarining hujjatlarni olish uchun to‘liq sharoitlar yaratilishi lozimligini ta’kidladi. O‘z navbatida Cherneyko ham mehnat migrantlarining O‘zbekistonda test sinovlaridan o‘tishi va boshqa kompleks tayyorgarliklar olib borishi uchun shart-sharoitlar yaratilishi zarurligini aytib o‘tdi.
Har ikki tomon ham O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida imzolangan kelishuv rus tili bo‘yicha test topshirish, tibbiy sug‘urtani qo‘lga kiritish va mehnat migrasiyasini qonuniylashtirishni mukammallashtirishga xizmat qilishiga umid bildirishdi.
Bu orqali migrantlarning mehnat muhofazasi, yashash sharoiti va asosiysi ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishi kafolatlanadi.
Sankt-Peterburg delegasiyasi Buxoro va Samarqand viloyatlariga ham tashrif uyushirishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda fuqarolar ishlash uchun qonuniy ravishda Rossiyaga ketishlari mumkin