11:36 / 21.06.2017
13 720

Rustam Qosimov yangi lavozimga tayinlandi

Rustam Qosimov yangi lavozimga tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 iyundagi PF-5091-sonli farmoniga muvofiq, Qosimov Rustam Sobirovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, Tashkiliy-kadr xizmati rahbari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri lavozimidan ozod etildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 iyundagi PQ-3072-son qaroriga muvofiq, Mirshod Maxmudovich Qurbanov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rustam Qosimov yangi lavozimga tayinlandi