17:32 / 21.06.2017
6 869

BMT Bosh kotibi “O‘zbekiston havo yo‘llari” shikoyat daftarchasiga qayd yozib ketdi

BMT Bosh kotibi “O‘zbekiston havo yo‘llari” shikoyat daftarchasiga qayd yozib ketdi
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 9 iyun kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Samarqandga tashrif buyurgan edi. Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Antoniu Guterrish “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining “Shikoyat, taklif va mulohazalar” daftarchasiga qaydnoma yozib qoldirgan:

“O‘zbekiston havo yo‘llari”ning jamoasiga parvozimiz vaqtida bizga ko‘rsatgan mehribonchiligi va professional xizmati bilan tabriklayman. Ajoyib mehmondo‘stlik, a’lo darajadagi xizmat va yaratilgan qulaylik uchun minnatdormiz. Antoniu Guterrish”, deb yozgan BMT Bosh kotibi.

Eslatib o‘tamiz, Guterrish O‘zbekistonga tashrifi davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham bo‘lib, Orol dengizini shaxsan borib ko‘rgan edi.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » BMT Bosh kotibi “O‘zbekiston havo yo‘llari” shikoyat daftarchasiga qayd yozib ketdi