21:52 / 21.06.2017
6 614

Avtomobillarni yuvish shoxobchasidan Lacetti avtomashinasi olib qochildi

Avtomobillarni yuvish shoxobchasidan Lacetti avtomashinasi olib qochildi
2017 yil 14 iyun kuni soat 01-00 larda Buxoro shahar Namozgoh ko‘chasida joylashgan avtomobillarni yuvish shahobchasida qarovsiz qoldirilgan, Buxoro shahrida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan S.S.ga tegishli “Lasetti” rusumli avtomobili olib qochildi, deb yozadi 1news.uz.

Buni Buxoro viloyati, Buxoro shahrida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1979 yilda tug‘ilgan X.R. mast holda amalga oshirgan.

Olib borilgan qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida avtomobil Buxoro tumani, Rabotipiyon Q.F.Y. hududidagi dala maydonidan ag‘darilgan holda topilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan X.R. ushlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Avtomobillarni yuvish shoxobchasidan Lacetti avtomashinasi olib qochildi