00:25 / 23.06.2017
6 156

Sobiq millioner 20 yil mobaynida kimsasiz orolda yashadi

Sobiq millioner 20 yil mobaynida kimsasiz orolda yashadi
Avstraliyalik sobiq millioner Devid Gleshin (David Glasheen) 1987 yilda moliyaviy inqirozga uchragandan keyin 20 yil davomida kimsasiz orolda yashab kelmoqda, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

Ko‘chmas mulk sohasida faoliyat olib borgan tadbirkorning boyligi o‘sha paytda 28,4 million dollar edi. Gleshin inqirozga uchragandan keyin uni rafiqasi tashlab ketdi. Shundan keyin u tanishgan qiz sivilisiyadan uzoqda yashash taklifini berdi. Gleshin yangi rafiqasi bilan Kvinslend shtatidagi orolda yashay boshladi. Ammo bunday hayot tarzi tezda qizning joniga tegib, u ham Gleshinni tashlab ketdi.

Gleshin orolda yolg‘iz qoldi. Ayni paytda u 73 yoshga kirgan, hamon orolda Polli laqabli iti bilan birga yashaydi. Orolga ayrim hollarda turistlar tashrif buyurishini hisobga olmaganda, u kimsasiz hisoblanadi. U orolda turist sifatida tashrif buyurgan mashhur amerikalik aktyor Rassel Krou bilan uchrashdi.

Sobiq millioner orolni tark etishni istamaydi. “Men shu erda o‘lishni istayman. Orol mening Erdagi jannatimdir”, deydi Gleshin. Shu bilan birga u insonlar bilan muloqot qilishni sog‘inganini ham yashirmadi. Tarki dunyo qilgan millionerning kulbasida quyosh batareyasi va generatorning sharofati bilan elektr quvvati, internet mavjud.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sobiq millioner 20 yil mobaynida kimsasiz orolda yashadi