12:02 / 23.06.2017
5 645

Shavkat Mirziyoyev: Fuqarolar murojaatlarining qariyb 90 foizi asosli

Shavkat Mirziyoyev: Fuqarolar murojaatlarining qariyb 90 foizi asosli
Virtual qabulxona va Xalq qabulxonalari o‘z faoliyatini boshlaganidan buyon o‘tgan davr mobaynida mamlakatimiz bo‘yicha qariyb 890 mingga yaqin fuqaro ariza bilan murojaat qilgan. Ushbu murojaatlarning 93 foizi o‘rganilib, tegishli javob qaytarildi.

Murojaatlarning qolgan qismi esa, ayni paytda mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Alohida ta’kidlash zarurki, fuqarolarimizdan kelib tushayotgan murojaatlarning qariyb 80-90 foizi asosli va o‘rinli bo‘lib, ular yillar davomida e’tibor qaratilmasdan, to‘planib qolgan muammolar ekanini tahlillar ko‘rsatmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu raqamlarni “Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi” mavzusidagi anjumanda so‘zlagan nutqida ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: Fuqarolar murojaatlarining qariyb 90 foizi asosli