14:57 / 23.06.2017
18 146

Rossiyada o‘zbekistonliklar 6-sinf o‘quvchisini ikki marta zo‘rlagani aniqlandi

Rossiyada o‘zbekistonliklar 6-sinf o‘quvchisini ikki marta zo‘rlagani aniqlandi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ikki o‘zbekistonlik 6 sinfda o‘qiydigan qizni zo‘rlaganlikda ayblanmoqda, deb yozadi Qalampir.uz nashri.

Krasnoselskiy tumanida yashovchi 36 yoshli ayol polisiyaga uning qizini boshqa mamlakatdan kelgan ikki yigit tahqirlagani haqida ariza bergan. Tezkor-qidiruv ishlari natijasida jinoyat ikki o‘zbekistonlik tomonidan sodir bo‘lgani aniqlangan.

Birinchi voqea 2016 yilning kuzida sodir bo‘lgan. Maktabdan uyiga qaytayotgan qizga o‘z uyi kiraverishida notanish shubhali shaxs hujum qilgan va uni zo‘rlagan.

Bu hodisadan yarim yil o‘tgach, yana shu erda o‘sha qizga 20 yoshli yigit tashlangan. Ma’lum bo‘lishicha, u ham o‘zbekistonlik bo‘lib, shuningdek, 2004 yilda tug‘ilgan qizga ham tajovuz qilgan.

Ikki o‘zbekistonlik ham huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olingan. Ularga nisbatan voyaga etmaganlarni zo‘rlash fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyada o‘zbekistonliklar 6-sinf o‘quvchisini ikki marta zo‘rlagani aniqlandi