15:18 / 23.06.2017
7 273

Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonlik fuqarolar shaxsi aniqlandi

Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonlik fuqarolar shaxsi aniqlandi
Kecha, 22 iyun kuni Qozog‘istonning Akmola viloyatini kesib o‘tgan “Samara-Shimkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan avtobus ag‘darilib ketgani va unda o‘zbekistonlik fuqarolar halok bo‘lgani haqida xabar bergandik.

Bugun, Qozog‘istondagi O‘zbekiston elchixonasi hodisa natijasida halok bo‘lgan o‘zbekistonlik fuqarolar ro‘yxatini taqdim etdi.

Halok bo‘lganlar shaxsi bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV va viloyatlar hokimiyatlariga etkazildi. Halok bo‘lganlarning etti nafari vodiy viloyatlaridan bo‘lib, bir nafari Surxondaryo, bir nafari Jizzaxdan. Qurbonlarning eng yoshi kattasi 36 yoshda, eng kichigi esa 26 yoshda.

2017 yil 22 iyun kuni Kozog‘istondagi YTHda halok bo‘lganlar ro‘yxati:

1. 24.07.1988 yilda tug‘ilgan. Surxandaryo viloyati, Bandixon tumani, Qizilqaloq ko‘chasida yashovchi Jumaev Toshtemir Ahmadovich.

2. 22.04.1991 yilda tug‘ilgan. Jizzax viloyati, Zarbdor tumanida ro‘yxatdan o‘tgan Ergashev Muzaffar Abubakirovich.

3. 17.03.1982 yilda tug‘ilgan. Andijon viloyati Marhamat tumani Kichik ko‘tarma ko‘chasida ro‘yxatda turadi.

4. 22.11.1990 yilda tug‘ilgan. Andijon viloyati, Bo‘z tumani, Zavroq ko‘chasida ro‘yxatda turadigan Aliev Shohruhbek Shavkat o‘g‘li.

5. 12.10.1984 yilda tug‘ilgan. Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida ro‘yxatda turadigan Mo‘minov Abdurasulxon Parpievich.

6. 30.08.1988 yilda tug‘ilgan. Farg‘ona viloyati, Yozyovon tumani, Pinaj ko‘chasida ro‘yxatda turadigan Xolboyev Anvarjon Akramjonovich.

7. 20.06.1981 yilda tug‘ilgan. Namangan viloyati Chust tumani, Sho‘rkent QFYda ro‘yxatda turadigan, Tursunov Qudratali Rustamalievich.

8. 13.05.1987 yilda tug‘ilgan. Farg‘ona viloyati, Rishton tumani, Mexnatobod QFYda ro‘yxatda turadigan Qurbonov Iqboljon Ilhomjonovich.

9. 15.04.1982 yilda tug‘ilgan. Farg‘ona viloyati Beshariq tumani, Yakkatut QFYda ro‘yxatda turadigan Qodirov Zohidjon Zoirovich.

Shuningdek, yo‘l-transport hodisasi tufayli jarohat olganlar ro‘yxati:

1. Holmatov Islamjon Odimovich 30.05.1981
2. Tagaev Ismoil Abdullaevich 01.03.1980
3. Nosirov G‘ulomjon Abdujabborovich 25.09.1980
4. Xo‘jaev Shermonat Xurmonotovich 02.03.1988
5. Nasipov Alimjon Abdiholilovich 12.11.1977

Eslatib o‘tamiz, kecha, 22 iyun kuni Rossiya Federasiyasidan O‘zbekistonga kelayotgan avtobus Qozog‘iston yo‘lida ag‘darilib ketgandi. Natijada avtobus ichida bo‘lgan o‘zbekistonlik 9 fuqaro halok bo‘ldi. Bundan tashqari, yana 17 kishi jiddiy jarohat olib, shifoxonaga etkazilgan.

Qozog‘istondagi ishonch telefonlari:
Aktobe tumani FVV xizmati: +7 713-256-29-62.
Aktobe tumani markaziy shifoxonasi: +7 713-392-14-97.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonlik fuqarolar shaxsi aniqlandi