18:11 / 24.06.2017
7 764

Buxoroda turkiyalik fuqarolar xorijiy valyuta bilan qo‘lga tushdi

Buxoroda turkiyalik fuqarolar xorijiy valyuta bilan qo‘lga tushdi
Buxoro viloyati bojxona boqarmasining “Olot” chegara bojxona kompleksi xodimlari tomonidan tamaki mahsulotlari va naqd xorijiy valyutalarni yashirin ravishda olib o‘tishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi.

Qo‘shni davlat fuqarosi L.Hamraevaning qo‘l yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, unda yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida ko‘rsatilmagan, bojxona xodimining og‘zaki so‘rab-surishtirishi davomida ma’lum qilinmagan 124 quti sigaretalar yashirilgani aniqlandi.

Bojxonachilarning ko‘zini shamg‘alat qilish maqsadida ushbu tamaki mahsulotlari sumkaning ichki yon tomonlari astari ichiga yashirilgan ekan, deyiladi Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Axborot xizmati xabarida.

Uning hamrohi Z.Allashova ham xuddi shu usulni qo‘llagan holda 116 quti sigaretalarni yashirin ravishda olib chiqayotgan paytda fosh qilindi.

Shuningdek, turkiyalik Ya.Mustafa o‘zi boshqarayotgan yuk avtotransporti kabinasidagi yotog‘ining to‘shaklari orasida 1100 AQSh dollari, uning yurtdoshi G.Abdulkadir esa avtotransportning davlat raqami orqasiga 1100 AQSh dollari, X.Xarun esa avtotransport saloni ichiga 500 AQSh dollarini yashirgancha olib chiqishga urinishgani aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar bojxona surishtiruv va tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda turkiyalik fuqarolar xorijiy valyuta bilan qo‘lga tushdi