18:14 / 24.06.2017
5 725

Shavkat Mirziyoyev Ramazon oyida terakt sodir etayotganlarni qoraladi

Shavkat Mirziyoyev Ramazon oyida terakt sodir etayotganlarni qoraladi
Bugun, 24 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husaynga maktub yo‘lladi. Bu haqda Qalampir.uz xabar berdi.

“Pokistonning Parachinar, Kvetta va Karachi shaharlarida yuz bergan mudhish terrorchilik hurujlari oqibatida ko‘plab begunoh insonlarning qurbon bo‘lgani va og‘ir jarohat olgani to‘g‘risidagi xabarni bizni qattiq qayg‘uga soldi. Mazkur jirkanch hodisalarning butun islom ummati uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyida va muborak Iyd-al-Fitr ayyomi arafasida sodir etilgani barchamizni tashvishga soladi va O‘zbekiston bunday yovuz xatti-harakatlarni keskin qoralaydi”, deyiladi maktubda.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev ushbu musibatli damlarda birodar Pokiston xalqiga chuqur ta’ziya izhor etib, halok bo‘lganlar hamda jarohat olganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik tuyg‘ularini etkazib qo‘yishni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 iyun kuni Pokistonning bir nechta hududlarida kuchli portlashlar sodir bo‘lib, natijada halok bo‘lganlar soni 70 kishiga etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Ramazon oyida terakt sodir etayotganlarni qoraladi