10:29 / 25.06.2017
6 518

Sobiq er yuzlab odamlar oldida xotinini chavaqlab tashladi

Sobiq er yuzlab odamlar oldida xotinini chavaqlab tashladi
Kecha, 24 iyun kuni Meksikaning Yukatan shtati Merida shahrida bir ayol savdo markazida yuzlab insonlar ko‘z o‘ngida sobiq ma’shuqasi tomonidan o‘ldirildi.

Polisiya bergan ma’lumotga ko‘ra, qotil qizni Plaza Fiesta supermarketi ichida bo‘ynidan pichoq tortish yo‘li bilan o‘ldirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ajrashganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan juftlikning barcha muammosi erkak tomonidan farzandlariga to‘lanadigan aliment pulidan kelib chiqqan. Ayol sobiq eriga endi uni tinch qo‘yishi va o‘ziga boshqa qalliq topganini aytgan.

Bu so‘zlarni eshitib, g‘azab otiga mingan erkak sobiq xotinini savdo markazigacha kuzatib keladi va sovuqqonlik bilan bo‘g‘ziga pichoq tortib yuboradi.

Qotillikni amalga oshirgan jinoyatchi qochishga urinadi, ammo savdo markazi qo‘riqchilari tomonidan ushlanib, xuquq-tartibot organlariga topshirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sobiq er yuzlab odamlar oldida xotinini chavaqlab tashladi