10:46 / 26.06.2017
6 438

Chilonzorda mashina olib berishni va’da qilib, 3 ming dollarni qo‘lga kiritgan firibgarlar ushlandi

Chilonzorda mashina olib berishni va’da qilib, 3 ming dollarni qo‘lga kiritgan firibgarlar ushlandi
2016 yil 27 noyabr kuni, Ergashev Jonibek Elbotirovich va Maxkamov Farrux Maxmadjonovichlar, Chilonzor tumani hududida fuqaro Ikromov Ravshan Sattarovichning (jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan) ishonchiga kirib, unga auksion orqali «Neksiya-2» rusumli avtomashina olib berishni va’da qilib, 3.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritganlar, deb xabar bermoqda Toshkent IIBB.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi “v” bandi (firibgarlik, ya’ni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Yuqoridagi shaxslarning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chilonzorda mashina olib berishni va’da qilib, 3 ming dollarni qo‘lga kiritgan firibgarlar ushlandi