14:44 / 27.06.2017
5 857

24 iyun kuni Toshkentda qayd etilgan 8 ta YTHda bir kishi halok bo‘ldi

24 iyun kuni Toshkentda qayd etilgan 8 ta YTHda bir kishi halok bo‘ldi
Toshkent shahridagi chorrahalarga kuzatuv kameralari o‘rnatilgandan so‘ng avtomobillar harakati nisbatan tartibga keldi, YTHlar soni ham borgan sayin kamaymoqda. Biroq avtohalokatlar natijasida yaralanganlar, ayniqsa, halok bo‘lganlar uchrab turibdi.

Jumladan, joriy yilning 24 iyun kuni Toshkent shahrida 8 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Ularda 7 kishi tan jarohati olgan, 1 nafari halok bo‘lgan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Shu kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 2263 ta huquqbuzarlik bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 750 tasini qo‘pol turdagi, 7 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan.

Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan jami 1012 ta qoidabuzarlik qayd etilgan bo‘lib, shulardan 468 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 544 tasini esa belgilangan me’yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 24 iyun kuni Toshkentda qayd etilgan 8 ta YTHda bir kishi halok bo‘ldi