22:26 / 27.06.2017
8 195

Senzura O‘zbekistonda matbuot paydo bo‘lgandan boshlab yuzaga kelgan

Senzura O‘zbekistonda matbuot paydo bo‘lgandan boshlab yuzaga kelgan
“Turkistonda matbuot paydo bo‘lishi bilan sezura muassasasi ham yuzaga keldi. Turkiston o‘lkasi Rossiya imperiyasining bir qismi bo‘lgani uchun bu erda ham Rossiyada o‘rnatilgan senzura tizimi amal qilardi”, deb yozadi olim Boybo‘ta Do‘stqoraev “O‘zbekiston jurnalistikasi tarixi” asarida.

V.L.Lvov-Rogachevskiyning 1906 yilda chiqqan “Pechat i senzura” (“Matbuot va senzura”) asarida ma’lumot berilishicha, Rossiyada senzura rasmiy muassasa sifatida Ekaterina II davrida yuzaga kelgan.

Sobiq sovet davrida senzura degan balo butun boshli ommaviy axborot vositalarining eng birinchi dushmani bo‘lgan. Erkin so‘z va yangi fikr “bo‘g‘ib” ushlab turilgan.

Hozirgi kunga kelib, O‘zbekistondan senzura olib tashlangan bo‘lib, Bosh qomusimizda ommaviy axborot vositalari erkinligi hamda senzuraga yo‘l qo‘yilmasligi qat’iy belgilab qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunining 2002 yildagi yangi tahririda senzuraga yo‘l qo‘yilmasligi xususida: “O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini senzura qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. E’lon qilinayotgan xabarlar yoki materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek, ularning matni o‘zgartirilishini yoki butunlay nashrdan olib qolinishini (efirga berilmasligini) talab qilishga hech kimning haqqi yo‘q”, deb yozib qo‘yilgan.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Senzura O‘zbekistonda matbuot paydo bo‘lgandan boshlab yuzaga kelgan