14:17 / 29.06.2017
12 236

Oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun to‘lov-kontrakt miqdori o‘zgarishsiz qoldi

Oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun to‘lov-kontrakt miqdori o‘zgarishsiz qoldi
Oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun to‘lov-kontrakt miqdori o‘zgarishsiz qoldi. Bu Prezidentning 2017 yil 23 iyundagi “Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari turlari bilan kafolatli ta’minlashning kechiktirib bo‘lmaydigan choralari to‘g‘risida” 3028-son qarorida belgilangan.

Hujjatga ko‘ra, 2017/2018 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bitta talabani bir yillik o‘qitish qiymati 2016/2017 o‘quv yilidagi darajada saqlab qolinadi.

Avvalroq qo‘shimcha kontrakt narxlari tasdiqlangani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun to‘lov-kontrakt miqdori o‘zgarishsiz qoldi