14:28 / 29.06.2017
5 298

O‘g‘ri do‘kondan 33 ta mobil telefonlarni o‘g‘irladi

O‘g‘ri do‘kondan 33 ta mobil telefonlarni o‘g‘irladi
Noma’lum shaxs Toshkent shahrining Navoiy ko‘chasida joylashgan «Grand Mobile set» MChJ elektronika do‘koniga kirib, 40 million so‘mlik 33 ta mobil telefonlarni olib chiqqan.

Shayxontohur tumani IIB Tergov bo‘limining bergan xabariga ko‘ra, kuzatuv kameralarining voqea vaqtida ishlab turgan bo‘lishiga qaramay, o‘g‘ri Navoiy ko‘chasi 44 manzilida joylashgan do‘kondan umumiy qiymati 40 million so‘m bo‘lgan 33 ta mobil telefonlarni olib chiqqan.

Tergov davomida kerakli tekshiruvlar o‘tkazildi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni damda tergov ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘g‘ri do‘kondan 33 ta mobil telefonlarni o‘g‘irladi